Bitta kapsula (400 mg) yoki sashe paket (0,8 g) tarkibi: Taʼsir etuvchi moddalar: Hujayralardan iborat kompleks: - Bifidobacterium bifidum bifidobakteriya shtammi kamida 1X109 - 100 mg; Escherichia coli ichak tayoqchalari - kamida 1X109 - 100 mg. Yordamchi moddalar: Maltodekstrin.
Qoʻllanish boʻyicha tavsiyalar Disbakterioz, oshqozon-ichak yoʻli ishining buzilishlarida organizmda bakteriyalar muvozanatini tiklash uchun foydalanilsin. Ichakning normal mikroflorasi tiklanishiga yordam beradi, K vitamini sintezini yaxshilaydi, organizmga kasallik chaqiruvchi bakteriyalar va viruslar joylashib olishiga toʻsqinlik qiladi, oshqozon-ichak yoʻli ishini tartibga solishga koʻmaklashadi. Immun himoya mexanizmlarida, toksinlarni zararsizlantirishda muhim rol oʻynaydi. Bakteriyalarga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatida kelib chiqqan diareyada; infeksiyalar natijasidagi diareyada; taʼsirlangan ichak sindromida; meteorizm va qorin dam boʻlishida; allergik kasalliklarda, ayniqsa bolalarda; qin mikroflorasi buzilganida; ichakning yalligʻlanish kasalliklarida; sayyohlar diareyasi; ichak disbakteriozida qabul qilinadi. Qarshi koʻrsatmalar: BFQ komponentlariga individual taʼsirchanlikda qoʻllanilmaydi. Qoʻllanish usullari va dozalash: Emizish yoshidagi bolalarga emizish vaqtida paket yoki kapsula ichidagi kukunni koʻkrak suti yoki bolalar ovqati bilan aralashtirib beriladi. Katta yoshdagi bolalarga va kattalarga sashe paketlardagi Entro-D kukuni qabul qilishdan oldin sovitilgan qaynagan suvda (temperaturasi 45°С dan yuqori emas) 1 paketga 40-50 ml suv hisobidan eritiladi. Kapsulalar yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi. 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun dozalash: 0,8 g paketda: - 6 oylikkacha boʻlgan bolalarga 1 ta paket (kapsula) dan bir kunda 1-marta; - 6 oylikdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 1 ta paket (kapsula)dan bir kunda 2-marta; - 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga –1 ta paket (kapsula) dan bir kunda 3-marta. 7 yoshdan katta bolalarga va kattalaga: 400 mg li kapsulalar. 2 ta paket (kapsula)dan bir kunda 2-3-marta qabul qilinsin. Qabul qilish davomiyligi 1 dan 3 haftagacha. Yaroqlilik muddati: 2 yil. Saqlash sharoitlari: quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda +2°С dan +20°С gacha boʻlgan temperaturada saqlansin.
Ishlab chiqarish shakli: Paketlar yoki kapsulalarda kukun shaklida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi: “NATUREX” MCHJ, Oʻzbekiston Respublikasi,100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻchasi, 51. Tel.: +998 91 134 14 24. Dori vositasi hisoblanmaydi. Biologik faol qoʻshimcha.