Bitta kapsula tarkibi: Faol moddalar: Inkarnat passiflora ekstrakti 130 mg Dorivor qulmoq gʻuddalari ekstrakti 36 mg Arslonquyruq ekstrakti 20 mg Yordamchi moddalar: maltodekstrin.
Kimyoviy tarkibi va biokimyoviy xossalari: Inkarnat passiflora ekstrakti tarkibida terpenoidlar, organik kislotalar, efir moylari, R, S vitaminlari, viteksin – flovanoid mavjud. Ular birgalikda markaziy asab tizimidagi qoʻzgʻalish jarayonlarini kuchsizlantiradi va tormozlash jarayonlarini kuchaytiradi, tomirlar, ovqat hazm qilish organlari silliq mushaklarining siqilish jarayonlariga sabab boʻladigan omillar hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Qulmoq gʻuddalari tarkibida efir moyi (1,8% gacha), polifenol birikmalar (2–5%) va 5 dan 26% gacha achchiq moddalar (qatronsimon moddalar) mavjud. Qatronsimon moddalar orasida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: lupulin, gumulen kislota, gumulon, lupulon va boshqalar. Qulmoq tarkibida shuningdek flavonoidlar (0,85% gacha), mumlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, aromatik birikmalar, V guruh vitaminlari, xolin bor. Triterpen birikmalar va flavonoidlar mavjudligi tufayli sillik mushaklar, yurak va bosh miya tomirlarining siqilishi boʻshashadi, tomirlar tonusi meʼyorlashadi, tomir devorlari funksiyasi, yurak toʻqimalarining qisqarish funksiyasi yaxshilanadi. Arslonquyruq oʻti ekstrakti oʻz tarkibida uglevodlar, efir moyi, oshlovchi moddalar, achchiq moddalar, flavonoidlar, organik kislotalar, beta-karotin, mineral moddalarni saqlaydi, bu ushbu oʻsimlikka biologik faollikning ancha keng doirasini, xususan, asab va yurak-qon tomir tizimlarining funksiyasini faollashtirishni namoyon etish imkonini beradi.
Qoʻllanishga koʻrsatmalar: “Stresson” biologik faol moddalar kompleksi asab va yurak-qon tomiri tizimi va turli organlarning silliq mushaklariga sinergik taʼsir koʻrsatadi. Shu munosabat bilan bioqoʻshimcha tavsiya etiladi: - tomirlarning tonusini va qon bosimi darajasini meʼyorida saqlab turish, yurak faoliyatini yaxshilash, kapillyarlar tizimi (ularning egiluvchanligi va oʻtkazuvchanligi) ni mustahkamlash uchun; - asab tizimini tashqaridan boʻladigan kuchli qoʻzgʻatuvchilardan himoya qilish uchun: yumshoq tinchlantiruvchi taʼsir yaxshi dam olish va sogʻlom uyquga koʻmaklashadi; - buyraklar funksiyasining (siydikning meʼyorida hosil boʻlishi) yaxshilanishi, safroning ajralib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm boʻlishi uchun. Natijada organizmning ishlash qobiliyati va umumiy jismoniy holati yaxshilanadi.
Qarshi koʻrsatmalar: Preparatning komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.
Alohida koʻrsatmalar: BFQ dori vositasi hisoblanmaydi.
Qoʻllanish usuli va dozalari: Kattalarga 1 ta kapsuladan kuniga 1-2-marta yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi.
Yaroqlilik muddati: 2 yil.
Saqlash sharoitlari: quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda +25°С dan yuqori boʻlmagan temperaturada saqlansin.
Ishlab chiqaruvchi: “NATUREX” MCHJ, Oʻzbekiston Respublikasi,100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻchasi, 51. Tel.: +998 91 134 14 24.