РЕНУМ

Ishlab chiqarish shakli:
250 mg li kapsulalar
1 ta kapsulaning tarkibi:
Faol komponentlar:
Buyrak choyi                                                                     10 mg
Rozmarin bargi quruq ekstrakti                                          16 mg
Qirq boʻgʻim poyalari quruqek strakti                                70 mg
Makkajoʻxori onalik guli ustunchasi quruqek strakt           50 mg
Moychechak gullari quruq ekstrakti                                   16,7 mg

Yordamchi moddalar: maltodekstrin
Kimyoviy tarkibi va xossalari
Rozmarin barglari rozmarin efir moylari, organik (rozmarin, karnosol, ursol) kislotalar, achchiq moddalar, qatronlar va oshlovchi moddalarga, paratsimol, limonen, bornilatsetat, sineol, terpineol, kamfora, pinen, borneol kabi faol koponentlarga boy.
Rozmarin – ruh, kaliy, magniy, natriy, shuningdek S, R vitaminlarining qimmatli manbai. Oʻsimlik komponentlari birgalikda antioksidant faollikka ega, qon tomirlarining tonusini saqlab turish va qonning mikrot sirkulyatsiyasiga koʻmaklashadi. Yengil diuretic taʼsir bilan birga organizmdan ortiqcha suyuqlik va tuzlarni chiqarib tashlashga yordam beradi.
Qirq boʻgʻim tarkibida 55 mg % ga yaqin ekvizetonin saponini, 25 mg % gacha kremniy kislotasi, organik (linol, akonit, olma, shovul) kislotalar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar mavjud. Tarkibida kaliy, flavonoidlar va saponinlarning miqdori yuqoriligi tufayli organizmimizdan ortiqcha suyuqlikni chiqarishga yordam beradi. Ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlash qobiliyati yana bitta afzallik beradi – organizmdan toksinlar va boshqa zararli moddalarni chiqaradi, makkajoʻxori popuklari, buyrak choyi, rozmarin va moychechak, qirq boʻgʻim kabi boshqa oʻsimliklar bilan birga paylarida muammolari bor, shuningdek sport bilan shugʻullanadigan va kuch ishlatiladigan mashqlarni tez-tez bajaradigan odamlar uchun nihoyatda foydali. 
Buyrak choyi barglari tarkibida aglikonsapofoninlitriterpensaponinlar, achchiq glikozid ortosifonin (0,01%) mavjud. Buyrak choyi inson organizmini zararli moddalar va shlaklardan tozalash uchun qoʻllaniladi, hech bir istisnosiz barchaga kasalliklarning oldini olish va umumiy holatni mustahkamlovchi vositasi fatida tavsiya etiladi.  
Makkajoʻxori popuklarining kimyoviy tarkibi juda turli-tumanligi bilan ajralib turadi, ularda mikroelementlar, organic kislotalar, A, E, B guruh vitaminlari va boshqa biologic faol moddalar aniqlangan.
Shifobaxsh xomashyo tarkibiga kiradigan biologic faol birikmalar, xususan toʻliq toʻyinmagan kislotalar, xolesterin qatlamlarining erishiga va organizmdan shlaklarning chiqarilishiga yordam beradi. Makkajoʻxori popuklarining bu xossalari ularning asosidagi preparatlardan aterosklerozning oldini olish maqsadlarida foydalanish imkonini beradi.
Moychechak tarkibida birmuncha miqdorda (0,2-0,8%) efirmoy lari boʻlib, ularning tarkibiga seks viterpenlar (farnezen, mirsen), xamazulen, a-bisabolol, kadinen, kapril, nonil va izovalerian kislotalari kiradi.

Qoʻllanishga koʻrsatmalar:
Renum oʻsimlik kombinatsiyasining foydali xossalariuning komponentlari qimmatli xossalarining muvaffaqiyatli qoʻshilishi bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan bio qoʻshimcha asosan eng avvalo quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
- normal diurezni va siydik sifatini taʼminlash uchun. Bu siydik yoʻllariga kristallar tushish va siydik bilan tuzlar va mayda konkrementlarning chiqarilish ehtimoli kamayishiga koʻmaklashadi.
- Renumni qoʻllanish siydik yoʻllari va buyrakda yalligʻlanish jarayonlari va silliq mushaklar siqilishining rivojlanish xavflarini kamaytiradigan sharoitlar yaratadi, birvaqtningoʻzidasiydikyoʻllarivabuyrakpatogenmikroblardantozalanadi (sanatsiya);
- organizmdan ortiqcha suyuqlikning chiqarilishi yurakning ishini yengilashtiradi, tomirlar holatini yaxshilaydi, organlar va toʻqimalarda qon aylanishi ham yaxshilanadi;
- safroning meʼyorida ajralib chiqishini tartibga solish ishtahani, ovqat hazm boʻlishini va yoʻgʻon ichak motorikasini yaxshilaydi. Ichakni muntazam tozalab turish, u yerda zararli mikroflora rivojlanishi va cherish jarayonlariga, meteorizm va ogʻriqli siqilishlarga toʻsqinlik qiladi. 
Renum fito komponentlari birgalikda yaxshi jismoniy holatni saqlabturishga va odamning umumiy tonusini mustahkamlashga koʻmaklashadi. 

Qoʻllanish usuli va dozalash:
3 yoshdan katta bolalar va kattalarga 1-2 kapsuladan bir kunda 1-marta 10-15 kun mobaynida. Zaruriyat boʻlganida mutaxassis maslahatidan soʻng kursni 2 haftadan keyin takrorlash mumkin.
Qarshi koʻrsatmalar:
Preparat komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.

Alohida koʻrsatmalar
BFQ dori vositasi hisoblanmaydi.
Homilador va emizukli ayollarga mutaxassis tavsiyasi boʻyicha qabul qilinsin.

Saqlash sharoitlari: quruq, yorugʻlikdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda +30°C dan yuqori boʻlmagan temperaturada saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 2 yil.


Ishlab chiqaruvchi: “NATUREX” MCHJ, Oʻzbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻchasi, 51. Tel.: +998 91 134 14 24.
Made on
Tilda